英国首相宣布提前举行大选 以有利于“脱欧”谈判
Dublin — Irlandiya poytaxti. Irlandiya orolning sharqida, Liffi daryosining Dublin qo?ltig?iga quyilish yerida joylashgan. Aholisi 953 ming kishi (1996, shahar atrofi bilan). Iqlimi dengiz iqlimi. Iyulning o?rtacha temperaturasi 15— 17°, yanvarniki 5°, yiliga 842 mm yog?in yog?adi. Dublin to?g?risida dastlabki ma?lumot Irlandiya manbalarida 291 yildan uchraydi. 9-asrdan Dublinni normannlar bosib olgan. 1170-yilda ingliz-normann feodallari qo?liga o?tdi. 1922-yildan mamlakat poytaxti. Dublin mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Transport yo?llari tuguni, Irlandiya dengizi sohilidagi mamlakatning eng yirik porti. Xalqaro aeroport bor. Dublin porti orqali chetga chorva mollari, go?sht, teri va boshqa qishloq xo?jaligi mahsulotlari chiqariladi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari — oziq-ovq-at (pivo pishirish, viski tayyorlash, go?sht konserva va b.) va yengil sanoat. To?qimachilik (17-asrdan poplin to?qish bilan mashhur), tikuvchilik, ko?n-teri, jut korxonalari bor. Kimyo, kemasozlik, mashinasozlik (elektrotexnika, priborsozlik, qishloq xo?jaligi mashinasozligi), qurilish sanoati tarmoqlari rivojlangan. Me?moriy yodgorliklardan Dublin qasri — hozirgi Adliya saroyi (13-asr), Kraystcherch cherkovi (1038), Sent-Patrik sobori (1190), ratusha (1769) va boshqa saqlangan. Dublin universiteti (1591), Milliy universitet, Qirollik musiqa akademiyasi, kutubxonalar, muzeylar, hayvonot bog?i, Milliy galereya (1864), teatrlar bor.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- O?zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |