北影节纪录单元评委杨澜:纪录片越来越大片化
Erwin Schr?dinger (talaffuzi: Ervin Shreddinger) (1887.12.8 Vena 1961.4.1) - avstraliyalik fizik, kvant mexanika asoschilaridan biri. Vena universitetni tugatgan (1910). Vena va Yen universitetlarida ishlagan. Shtuttgart Oliy texnika maktabi va Breslau (1920—21), Syurix (192127), Berlin (192733), Oksford (193336), Grats (193638) universitetlari professor Dublin oliy tadqiqot instituti direktori (1941—55), Vena universiteti professor (1956-yildan). Asosiy ilmiy ishlari statistik fizika, kvant nazariya, kvant mexanika, umumiy nisbiylik nazariyasi va biofizikaga oid. To?lqin mexanikani ishlab chiqqan (1926). Norelyativistik kvant mexanikaning asosiy tenglamasi (Shryodinger tenglamasi)ni topgan. Sh. to?lqin mexanika bilan V. Geyzenberg, M. Born va P. Yordanning "matritsaviy mexanikasi" orasida bog?lanish borligini aniqladi va ularning fizik ayniyligini isbot qildi. Nobel mukofoti laureati (1933; P. Dirak bilan hamkorlikda)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ O?zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada O?zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma?lumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |