4399游戏盒子(4399小游戏大全)V2.0.0.4259官方正式版
Ryazan — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Ryazan viloyati markazi. Oka daryosi bo?yida. Yirik pristan. Temir yo?l tuguni. Aholisi 533,1 ming kishi (1998). Mashinasozlik (stanoksozlik, "Tyajpressmash", "Ryazselmash") i.ch. birlashmalari, avtomobil agregatlari, avtomobil apparaturasi, elektron priborlar, hisoblashanalitik mashinalar, isitish priborlari, neftni qayta ishlash, kimyoviy tola, kartonruberoid zdlari, qurilish materiallari i.ch., oziq-ovqat, yengil va yog?ochsozlik sanoati korxonalari ishlab turibdi. 2 ilmiy tadqiqot instituti, 4 oliy o?quv yurti, 3 teatr, tarixiyme?moriy muzeyqo?riqxonasi, badiiy muzey, I.P.Pavlov uymuzeyi bor. R. yilnomalarda birinchi marta 1095-yildan tilga olingan. Dastlab Ryazan knyazligi markazi R. deb atalgan va hozirgi R.dan 50 km jan.sharqsa bo?lgan. Shahar 1237-yilda mo?g?ullar tomonidan vayron qilingan. XIV asr o?rtalarida knyazlik markazi Pereyaslavl—Ryazanskiy shahriga ko?chirilgan (bu knyazlik 1521-yilda Moskva davlati tarkibiga qo?shildi). Shahar 1778-yildan Ryazan deb atala boshlagan. 1778—1929-yillarda Ryazan gubernyasi markazi. XIX asr o?rtalarida R.da cho?yan quyish hamda yog? korxonalari va boshqa qurilgan. 1929—30 yillarda R. Moskva viloyati okrug markazi, 1937-yildan viloyat markazi. Me?moriy yodgorliklardan Kreml ansambli tarkibida: Xristorojdestvenskiy (XV asr, XIX asr), Arxangelskiy (XVI asr), Uspeniye (XVII asr) soborlari, Arxiyepiskop palatalari (XVII asr), Spas monastiri majmui (XVII— XVIII asrlar), XVII asrga oid bir qancha cherkovlar, klassik uslubdagi binolar, kasalxonalar (XIX asr boshlari), savdo rastalari (XIX asrning birinchi yarmi) va boshqa saqlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada O?zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma?lumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrog?iga almashtirish kerak. |